AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis kelgusi hafta Fransiya va Belgiyaga taşrif buyurişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Qöşma Ştatlar mudofaa mahkamasining saytida ma'lum qilingan.

Mahkama ma'lumotlariga köra, Mettis Fransiyada «muhim rahbarlar» bilan bir qator uçraşuvlar ötkaziş niyatida.

Ta'kidlanişiça, Belgiyada Mettis NATOga a'zo davlatlar mudofaa vazirlari yiğilişida iştirok etadi.

Şu bilan birga, Bryusselda Pentagon rahbari NATO böyiça ittifoqçi davlatlardan kelgan hamkasblari bilan uçraşişni rejalaştirmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pentagon uç davlatdan yadroviy tahdid borligini ma'lum qilgandi.