Özbekiston Respublikasi prezidenti “Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida örnak körsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Mamlakatimizda barça sohalar qatori ta'lim tizimida ham keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Uşbu özgarişlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib örin egallaşi avvalo, ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy boğliqdir.

Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va işonç bilan hayotga qadam qöyayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvçi kuçi bölgan farzandlarimizning munosib kamol topişida öqituvçi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini ta'kidlaş lozim, deyiladi farmonda.

Mamlakatda ta'lim va tarbiya tizimini davr talablari asosida takomillaştiriş, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş işlariga qöşgan salmoqli hissasi, yoşlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni örgatiş, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş borasidagi köp yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilarga faxriy unvonlar berildi:

«Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi»

Annakulova Nazokat Eşaliyevna - Termiz şahridagi 6-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati

Mamadaliyev Abbos Mamasoliyeviç - Namangan şahridagi 1-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktab-internatining matematika fani öqituvçisi, Namangan viloyati

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq ta'limi xodimi»

Karayeva Xabiba Bebitovna - Jondor tumanidagi 49-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining kimyo fani öqituvçisi, Buxoro viloyati

Xodjayeva Maxtuma Ziyatovna - Uçtepa tumanidagi 287-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Toşkent şahri

«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi»

Radjabov Baxtiyor Şaripoviç - Çirçiq davlat pedagogika institutining aniq fanlar kafedrasi professori, Toşkent viloyati