Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston öqituvçi va murabbiylariga tabrik yölladi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining tabrigi matnini e'lon qildi. 

Muhtaram ustozlar!

Qadrli döstlar!

Siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda öz hayotini yoş avlod tarbiyasidek şarafli işga bağişlagan barça yurtdoşlarimizni
1 oktabr – Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Inson tafakkurining quvvati va kengligi avvalo muallim tarbiyasiga boğliq” degan sözlari sizlarning maşaqqatli, ayni vaqtda olijanob faoliyatingizga berilgan yuksak bahodir, desak, öylaymanki, adaşmagan bölamiz.

Haqiqatan ham, biz özimizdagi jamiki yaxşi fazilatlar, hayotda erişayotgan barça yutuqlarimiz uçun siz, azizlardan umrbod qarzdormiz. 

Uşbu qutluğ ayyomda sizlarning şa'ningizga eng gözal sözlar, ezgu tilaklarimizni izhor etar ekanmiz, barçamizning kamol topişimiz, jamiyatda munosib örin egallaşimizda bor bilim va tajribasini, qalb haroratini baxş etib kelayotgan mehridaryo ustozlarimizga çin yurakdan minnatdorlik bildiramiz.

Hurmatli döstlar!

Barçamiz yaxşi tuşunamiz, ta'lim-tarbiya – har qaysi davlat va jamiyatning nafaqat bugungi, balki ertangi kunini ham hal qiladigan eng muhim va ustuvor masaladir. 

Şuning uçun mamlakatimizda bu masalaga davlat miqyosida ulkan e'tibor qaratilmoqda. 

Bu haqda gapirganda, oxirgi vaqtda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladigan bir neça muhim qarorlar haqida alohida töxtalişni örinli, deb bilaman.

Avvalo, 2017 yil 30 sentabrda qabul qilingan Prezident qaroriga muvofiq yurtimizda birinçi marta Maktabgaça ta'lim vazirligi taşkil etildi. Şu asosda ötgan qisqa davrda uşbu tizim tubdan yangiça negizda taşkil etilgani, 980 dan ortiq boğça qurilib, işga tuşirilgani, bu maskanlarda ta'lim-tarbiya işlari mazmun va sifat jihatidan eng ilğor usul va vositalar yordamida olib borilayotganini  qayd etiş lozim. 

Yana bir muhim hujjat – 2018 yil 14 avgustda qabul qilingan Prezident qaroriga binoan boşlanğiç va yuqori sinf öqituvçilarining maoşlari tenglaştirildi, yangi yildan boşlab mutaxassis öqituvçilarning oşirilgan oylik iş haqi miqdori 54 foizga, oliy toifali pedagoglarniki esa 64 foizga yetişi közda tutilmoqda.