Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda sinov rejimida «aqlli svetoforlar» o‘rnatiladi
Toshkentda sinov rejimida «aqlli svetoforlar» o‘rnatiladi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Sinov rejimi, shahar transport infratuzilmasiga texnologiyalar joriy etish bo‘yicha boshqa masalalar doirasida, Toshkent transport departamentining Innovatsion rivojlanish vazirligi, poytaxt IIBB YHXB vakillari va ABL-SOFT mahalliy dasturiy ta'minot ishlab chiquvchilar bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Jamoat transportida qulayliklarni yaxshilash, avtobuslar qatnovi intervali, bepul wi-fi bo‘lgan avtobus bekatlarini qurish, mobil qurilmalar uchun quvvatlantirish stansiyalari, «aqlli svetoforlar»ni joriy etish ishlariga tegishli institutlarni jalb qilish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Xususan, vazirlik axborot-transport tizimi asosida «aqlli svetoforlar»ni joriy etish loyihasi bo‘yicha ilk sinov rejimi Nurafshon ko‘chasida amalga oshirishni taklif etdi - Labzak ko‘chasi bilan kesishmadan Beruniy ko‘chasi bilan kesishmagan qadar.
Poytaxt hokimligi va IIBB vakillari esa, o‘z navbatida, Nurafshon ko‘chasini eng oxirigacha, Oqtepa aylanasigacha qamrab olishni taklif qilishdi. Bu masala yaqin kunlarda hal qilinadi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026