2018 yil 1 oktabrdan kuçga kiradigan soliq sohasidagi asosiy yangiliklar, yer uçastkalarini ajratiş, köçmas mulkka bölgan huquqlarni hisobga oliş, kripto-aktivlar oborotiga doir yangi qoidalar va boşqa yangiliklar haqida Norma ma'lumot berdi.

Oqibatlarni yuzaga keltiradigan xronometraj, pasportlaştiriş, avtoturargohlarga soliq soliş va suv soliğining yangi stavkalari

Birinçidan, şu paytgaça xronometraj natijalari soliq tölovçini javobgarlikka tortiş uçun asos bölib xizmat qila olmas edi. Biroq 1 oktabrdan prinsip özgaradi. Avval soliqçilar xronometraj natijalariga köra oxirgi hisobot davri uçun kamaytirib körsatilgan tuşumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblaşni amalga oşiriş haqida talabnoma yuboriş huquqiga ega böladilar. Kamaytirib körsatiş takroran aniqlanganda, uşbu harakatlar soliq tölaşdan böyin tovlaş sifatida malakalanadi.

Ikkinçidan, soliq tölovçilarni pasportlaştiriş rejalaştirilgan muddatdan birmunça oldin boşlanadi (normativ hujjatlarga köra u 1 oktabrdan boşlab tuziladi). Tadbirkorlik sub'yekti röyxatga olingan joyda faoliyat yuritayotgani tekşiriladi, faoliyat turi örganiladi, xodimlarining haqiqatdagi soni hisobotda körsatilgani bilan soliştiriladi, noqonuniy tadbirkorlik dalillari aniqlanadi. Pasportlaştiriş davomida töplangan dalillar soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni hisoblaş uçun asos böladi.

Uçinçidan, qat'iy belgilangan soliqni tölab kelgan avtoturargohlar oktabrdan YaST yoki umumbelgilangan soliqlarni tölaşga ötişlari kerak. Soliq tuşumlari ustidan nazorat örnatiladi. Xususan, barça avtoturargohlar videokuzatuv kameralari hamda kiriş va çiqiş vaqtini qayd etiş tizimini örnatişlari şart.

Törtinçidan, ayrim suv iste'molçilari suv resurslaridan foydalanganlik uçun tölaydigan soliq miqdori oşirildi. Sanoatçilar (elektr stansiyalari, kommunal xizmatlar va alkogolsiz içimliklar işlab çiqaruvçilardan taşqari) oktabrdan boşlab yer usti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uçun 300 söm va yer osti suv resurslari manbalarining 1 kub metri uçun 360 söm tölaydilar, bu stavkalar taxminan uç baravar oşirilganini anglatadi. Avtomobil yuviş korxonalari esa tegişinça 1 000 va 1 250 sömdan hisoblaşlari kerak. Ular uçun soliq 10 baravardan ortiq oşdi.

Investitsiya loyihalari uçun yer va köçmas mulkka bölgan huquqlarni hisobga olişning yangi qoidalari

Qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkalari 50 yilgaça muddatga, lekin arizada körsatilganidan kam bölmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun uzoq muddatli ijaraga beriladi. Mehmonxonalar, savdo obektlari, madaniy-köngiloçar majmualar, maişiy xizmat körsatiş obektlari, ta'lim va tibbiyot taşkilotlari, yöl infratuzilmasi va boşqalarni quriş uçun yer uçastkalariga doimiy egalik qiliş huquqi auksion orqali sotiladi.