Havaskor boksda jahon çempionati sovrindori, Osiyo çempioni Elnur Abduraimov AQŞda professional boksdagi birinçi jangini ötkazdi.
Milliy olimpiya qömitasi matbuot xizmati xabar berişiça, debyut bahsda Abduraimovga amerikalik boksçi Aron Jamil Xollis raqiblik qildi. Özbekistonlik boksçi uşbu jangda raqibini nokautga uçratib, prof ringdagi faoliyatini ğalaba bilan boşladi.
Ma'lumot uçun, Xollis bugungi kungaça professional boksda 12ta jang ötkazgan. Ularning 4tasida ğalaba qozongan (2tasi nokaut bilan). 8ta jangda esa mağlubiyatga uçragan (5tasi nokaut).

















