31 iyul kuni Yozgi Olimpiadaning sakkizinçi kungi bahslari ötkaziladi. Ertangi bahslarda Özbekiston dzyudoçilari jamoaviy bahslarda qatnaşadi, yana ikki boksçi nimçorak finalda jang qiladi.
Tokio-2020 Olimpiadasida iştirok etayotgan Özbekiston terma jamoasi sportçilari taqvimi:
7:25. Dzyudo. Jamoaviy bellaşuvlar. Özbekiston terma jamoasi Niderlandiya dzyudo jamoasiga qarşi;
7:30. Boks. -52 kg. Şahobidin Zoirov kabo verdelik Daniel David Varelaga qarşi;
8:50. Boks. -63 kg. Elnur Abduraimov tojikistonlik Bahodur Usmonovga qarşi;
8:00. Öq otiş. Muxtasar Tohirova 50 metr masofaga 3 xil holatda öq otiş böyiça.

Yettinçi kungi bahslarni ham özbekistonlik sportçilar medalsiz yakunlaşdi. Ayni vaqtda Özbekiston delegatsiyasi bir oltin va bir bronza olgan holda umumiy reytingda Estoniya va Irlandiya bilan 31-33-örinlarni bölişib turibdi.























