
Har yili kuz mavsumining oktabr oyi boşlanişini dunyoning sanoqli mamlakatlaridan taşqari barçasining aholisi intiqlik bilan kutadi, desak mubolağa bölmaydi. E'tiborli jihati ularni bitta niyat, bitta orzu özaro boğlab turadi. Şuning barobarida ular bir-biriga raqobatçi ham hisoblanadi. Bu Amerikaga immigratsiya qiliş yoki u yerda bir neça yil qonuniy yaşab, işlaş huquqiga ega böliş orzusidir! Gap Green Card lotereyasi haqida bormoqda.
2020 yili AQŞga oila bilan yoki yakka holda qonuniy ravişda köçiş imkonini beruvçi bu yilgi Grin karta lotereyasining anketasi 2018 yil 3 oktabridan 6 noyabrgaça har yilgidek AQŞ davlat departamenti huzuridagi maxsus sayt - https://dvlottery.state.gov/ orqali töldiriladi.
Ta'kidlaş örinliki, grin karta anketasi qanday töldirilişi borasida aholining keng qatlami orasida aniq bilim bölmagani köplab tuşunmovçiliklarga, aksar hollarda ğarazli kişilarning tekin daromad manbaiga sabab bölmoqda. AQŞ elçixonasi konsullik bölimi xodimlarining Özbekiston Milliy kutubxonasida ötkazgan tadbirida Grin kartaga doir şu va boşqa savollarga javob berildi.
Dastavval, Amerikaning Toşkentdagi elçixonasi konsullik bölimi xodimi Grin karta nima ekani, u qanday öynalişi, kimlarda yutuq imkoni kuçli ekani, anketa qanday qilib töğri töldirilişi, unda nimalarga e'tibor qaratiş zarurligi kabi savollarga töxtalgan taqdimot marosimini ötkazdi.
Xöş, uşbu DV Lottery dasturida kimlar va qaysi mamlakatlar fuqarolari iştirok eta oladi?
Sönggi beş yilda AQŞga 50 ming fuqarosi immigratsiya qilgan davlatlardan taşqari barça davlatlar fuqarolari uşbu dasturda qatnaşa oladi. Özbekistonliklar ham dasturda iştirok eta oluvçilar jumlasidandir. Qatnaşa olmaydigan mamlakatlar röyxati yuqoridagi veb-manzilda tanişiş mumkin. Bu yilgi lotereyada iştirok etganlar orasidan dunyo böylab 55 ming kişi tanlab olinadi. Ular orasida AQŞ fuqarolari va dasturda iştirok eta olmaydigan mamlakatlar vakillari bölmasligi kafolatlanadi.
Yana bir muhim jihati lotereya anketasini töldiriş mutlaqo bepul bölib, har bir fuqaro har bir töldiriş yilida bir marta anketani töldira oladi, xolos. Bunda yana bir e'tiborli jihati şundaki, agar sizning anketangiz lotereyada ğolib bölsa, bu sizning AQŞga viza taqdim etilişini yoki u yerga ketişingizni kafolatlamaydi.













