O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentabrdagi «Xalq ta'limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan 2018–2021 yillarga mo‘ljallangan Xalq ta'limi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmatining yozishicha, 2018 yil 29 sentabr kuni O‘zbekistonda ilk bor «Kraudfanding» (xalq tomonidan moliyalash) birinchi platformasi Mfond.uz ishga tushirildi.

Shu munosabat bilan, Yoshlar press-klubida tashkil etilgan tadbirda turli vazirlik va idoralar rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari ishtirok etdi. Ushbu platforma orqali jamlangan mablag‘lar mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kam ta'minlangan oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.
Platforma maktab rahbarlari uchun o‘quv muassasasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun homiylik mablag‘larini jalb qilishga qaratilgan bir vosita hisoblanib, jalb qilingan mablag‘larni ishlatishda ochiqlik va hisobotliligini ta'minlab beradi.
Mfond jamoatchilik xayriya jamg‘armasining taqdimoti 1 oktabr – «O‘qituvchi va murabbiylar kuni»ni nishonlash doirasida bo‘lib o‘tdi.
.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan xayriya jamg‘armasi maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha pul to‘plash hamda nogiron va kam ta'minlangan oilalar farzandlari uchun qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun sarflanadi.
.jpg)















