Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 30 sentabr kuni davlat taşrifi bilan Hindistonga jönab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şavkat Mirziyoyev 30 sentabr – 1 oktabr kunlari prezident Ram Nath Kovindning taklifiga bilan uşbu mamlakatda böladi.
Prezident Ram Nath Kovind, Boş vazir Narendra Modi va Hindistonning boşqa rahbarlari bilan uçraşuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirişning aniq yöllarini körib çiqiş, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almaşiş rejalaştirilgan.
Şavkat Mirziyoyev Nyu-Deli şahrida savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirişning amaliy jihatlarini, jumladan, Özbekiston –Hindiston işbilarmonlar kengaşini ta'sis etiş taklifini muhokama qiliş uçun Hindistonning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazadi.
Şuningdek, Özbekiston delegatsiyasi taşrif doirasida Hindistonning qadimgi poytaxti, jahonga maşhur me'moriy obida – muhtaşam Toj Mahal joylaşgan Agra şahriga taşrif buyuradi.
Taşrif yakunida Özbekiston Prezidenti va Hindiston Boş vazirining qöşma bayonoti qabul qilinişi, Özbekiston – Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş uçun huquqiy asoslarni mustahkamlaş va kengaytirişga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelişuvlar, mamlakatlar hududlari va muassasalari örtasida hujjatlar imzolanişi közda tutilgan.












