Toşkentda yaşovçi fuqarolardan Kun.uz tahririyatiga dorixona va köçalarda psixotrop (aslida kuçli oğriq qoldiruvçi) dori vositalarining noqonuniy oldi-sotdisi avj olib ketganligi haqida murojaatlar kelib tuşdi. Xat mualliflari tabletka giyohvandligiga çalinganlar orasida yoşlar va ösmirlar soni kun sayin köpayib borayotganligi, bu dorilar kuppa-kunduzi oçiq joylarda erkin sotilayotgani haqida bayon qilgan.

Masalaga oydinlik kiritiş maqsadida, murojaatda ta'kidlangan Toşkent şahar Çilonzor tumanidagi «Şuhrat» nomi bilan tanilgan, «Qatortol» va «Kiçik Halqa yöli» kesişgan çorrahaga bordik. Yölning Çilonzor metro stansiyasi tomon ketgan çetida, quyoşdan pana joyga yiğilib turgan tört-beş nafar erkak-ayoldan iborat guruhlarga közimiz tuşdi. Ular «tabletka giyohvandlari»ning hojatini çiqarişar, maşinada kelgan xaridorlarning maşinadan tuşişiga ham zarurat qoldirişmasdi. Şunday qilib, «tabletkafuruş»larning faoliyatiga tösqinlik qiluvçi kişining özi yöqligiga iqror böldik.

Youtube'da köriş

Facebook'da köriş

Ular şifokor tavsiyaga köra, bemorlarga beriladigan kuçli oğriq qoldiruvçi analgetiklar - «tramadol»ning bir qutisini 15 ming sömdan, «lirika»ni esa 20 ming sömdan pullaşmoqda. Göyoki, dori uçun kelgan kişi bölib, «tabletkafuruş»lar bilan suhbatga qilişga harakat qildik. E'tirof etişlariça, bunday dorilarni pullayotganlar kuniga 200 ming sömdan 1 million sömgaça daromad qiladi, lekin bozor har kuni bir xil bölavermaydi.

«Tramadol» va «Lirika» qanday dori vositalari?

«Tramadol dori vositasi – «narkotik analgetik» deb ataladi. Öz tarkibida «opiy» guruhiga mansub bölgan narkotiklarni saqlaydi va albatta tibbiy maqsadda qöllanişi lozim bölgan dori vositasi hisoblanadi. «Lirika» – (Pregabalin) – tutqanoqqa qarşi vosita, gamma-aminomoy kislotasi hosilasi. Pregabalin oğriq qoldiriş xususiyatiga ham ega, şuning uçun bu dori nevralgiyaga çalingan bemorlarga buyuriladi.