2020 yilning 27 yanvar kuni taxminan 10:00larda Boğot tuman IIB xodimlari tomonidan giyohvand vositalarning qonunga xilof ravişda aylanişiga qarşi kuraş böyiça tezkor tadbir ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, tadbir jarayonida 45 yoşli T.R. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşina töxtatib tekşirilgan vaqtida, T.R.ning yonida 1 ta konvalutadagi 10 dona “Tramadol” tabletkalari, 48 yoşli M.O.ning yonida “Tramadol” yozuvli 14 ta konvalutadagi 140 dona “Tramadol” tabletkalari va T.Q.ning yonida 1 ta konvalutadagi 4 dona “Tramadol” tabletkalari borligi aniqlangan.
M.O. özining tanişi 39 yoşli G.R.dan 15 ta konvaluta “Tramadol”ni 1.700.000 söm evaziga sotib olgan, undan 4 dona tabletkani tanişi T.K.ga tekinga hadya qilgan va 10 dona tabletkani 160.000 söm evaziga T.R.ga sotib, tabletkalarning qolganlarini esa ötkaziş maqsadida yonida saqlab qöygan. Aniqlangan narsalar aşyoviy dalil tariqasida protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari, tadbir davomida 39 yoşli G.R. 10 ta konvaluta “Tramadol”ni jami 1.200.000 söm evaziga qonunga xilof ravişda sotayotgan vaqtida uşlanib, xolislar iştirokida şaxsiy tintuv qilinganida G.R.ning yonida yana 3 ta konvalutadagi 30 dona “tramadol” tabletkalari borligi aniqlanib, tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Boğot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan hamda fuqarolar M.O. va G.R. protsessual tartibda uşlanganlar. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.












