28 sentabr kuni Dehli şahrida Hindistonning Özbekistondagi elçixonasi kömagida Özbekiston Respublikasi Davlat investitsiya qömitasi tomonidan taşkil etilgan Hindiston-Özbekiston işbilarmonlar forumi bölib ötdi.
Unda Hindiston sanoat konfederatsiyasi va Özbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Özbekiston-Hindiston işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş töğrisida bitim imzolandi.
Forum davomida Özbekistonning Hindistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Farhod Arziyev ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasida qulay şart-şaroitlar yaratiş uçun asos böladigan Özbekiston-Hindiston işbilarmonlar kengaşi iqtisodiy muloqotni kuçaytiriş maqsadida taşkil etilganini ta'kidladi. Uning aytişiça, bojxona tariflarini özaro qisqartiriş va erkin iqtisodiy zonalarda keng kölamli loyihalarni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Özbekiston-Hindiston işbilarmonlar kengaşi turli sohalarda potensial investitsiya loyihalarini muhokama qiliş va amalga oşiriş, ikki mamlakat örtasidagi savdo-sotiq, transport aloqalarini rivojlantiriş hamda Özbekiston va Hindiston örtasida tranzit yölaklarini kengaytiriş uçun maydonga aylanadi.
Ta'kidlanişiça, işbilarmonlar kengaşining taşkil etilişi istiqbolli yönalişlar böyiça ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlaşga, Özbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining yiğilişlarida muhokama qilinadigan masalalar doirasini kengaytirişga qaratilgan sa'y-harakatlarni yönaltiriş imkonini beradi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning avgustida Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ikki mamlakat delegatsiyalari örtasida qator taşriflar taşkil etildi. Taşriflar doirasida Hindiston Savdo-sanoat palatalari federatsiyasi, Hindiston sanoat konfederatsiyasi va Hindiston-MDH Savdo-sanoat palatasi vakillari iştirokida uçta biznes-forum ötkazildi. Toşkentda Hindiston işbilarmon doiralarining 300 dan ortiq vakillari iştirokida Özbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11 ta yiğilişi taşkil etildi. Uşbu taşriflar natijasi ölaroq Dehli şahrida Hindiston-Özbekiston forumi bölib ötdi va unda 3 milliard dollarlik 50 dan ortiq investitsiya loyihalari imzolandi.











