Andijon viloyatini bejiz “Çempionlar yurti” deya atamaydilar. Çunki viloyatda yurt bayroğini qit'a va jahon sport forumlarida yuqori kötargan köplab ğolib sportçilar yetişib çiqqan va kamol topmoqda. Ularning bu darajaga yetişlari murabbiylarning matonatli mehnatlari samarasidir.

“Ustoz va murabbiylar” bayrami munosabati bilan Andijon viloyat jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi boşliği Ötkirbek Toşpölatov bilan birgalikda olimpiya zaxiralari maktab-internatiga şogird va ustozlarni yöqlab bordik.

Joriy yil Indoneziyaning Jakarta şahrida bölib ötgan Osiyo öyinlarida ğolib bölgan boksçimiz Iqboljon Xoldorov öz ustozi Abduvohid Jalolovni bayram bilan tabrikladi.

“Tört yildan buyon ustoz saboğini olib, muvaffaqiyatlarga erişdim. Abduvohid akani va barça murabbiylarni bayram bilan qutlayman”,-deydi Iqboljon Xoldorov.

Osiyo öyinlaridagi milliy kuraş turi musobaqalarida bronza medalini qölga kiritgan Oysuluv Abdumajidovaning ustozi - Sobirjon Pardayev. “Nasib qilsa, murabbiyim kömagi bilan hali köp yutuqlarni qölga kiritaman. Sobirjon akaga rahmat aytiş bilan birgalikda, bugungi bayram bilan tabriklayman”, - deydi Oysuluv.

Yana bir yoş murabbiy Şahnoza Merganovaning uç şogirdi Söğdiyona Jaloliddinova, Muhayyo Sotqinboyeva va Farrux Xabibullayevlar Rossiyaning Tula şahrida bölib ötgan Qöl jangi böyiça yoşlar örtasida jahon çempionatida ğolib va sovrindor böldilar.