Amerikalik sobiq boksçi Mayk Tayson Hindistonning Mumbay şahriga taşrif buyurib, u yerdagi noçor hayotga izoh bergan. Bu haqda Economic Times naşri ma'lum qildi.
“Öylaşimça, qançalik kambağal bölsang, şunça yaxşi boks tuşasan. Eng muvaffaqiyatli jangçilar xarobalardan çiqqan. Noçor boksçilar katta natijalarga erişişadi”, deb aytgan 52 yoşli Tayson.
Tayson Hindistonga aralaş yakkakuraş (MMA) musobaqasi Kumite 1 League oçilişiga kelgan. Sobiq boksçi jurnalistlar bilan muloqot vaqtida faoliyati boşida tanlov bölganda MMA bilan şuğullanmagan bölişini aytgan.
“MMA’da juda kam haq tölanadi, men esa har doim pul ortidan borganman”, deb ta'kidlab ötgan Tayson.
Boksçi professional faoliyatini 2005 yilda yakunlagan. Tayson oğir vazn toifasida 1987 yildan 1990 yilgaça mutlaq jahon çempioni hisoblanadi. U 58 ta jang ötkazib, 50 ta ğalabaga erişgan. “Temir Mayk” oğir vazn toifasida çempion bölgan tarixdagi eng yoş boksçi hisoblanadi. U bu natijaga erişganda 20 yil 4 oy va 22 kunlik yoşda bölgan.












