«Formula-1»ning amaldagi çempioni, Mercedes jamoasi vakili Lyuis Xemilton Rossiya Gran-prisidagi mukofotlaş marosimi vaqtida prezident Vladimir Putindan maxsus iltimos oldi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Xemilton Soçidagi poygada ğolib çiqdi. Siyosatçi öz tarjimoni orqali britaniyalikdan unga ğoliblarga beriladigan içimlikni saçratmaslik haqida söragan. Bunga javoban Xemilton şunday dedi: "Ha, men sizga saçratmayman. Ötgan yili buni men qilmagandim. Bu boşqa kimdir edi».
Xemilton Rossiya Gran-prisida ğalaba qozondi, ikkinçi örinni uning Mercedes böyiça şerigi Valtteri Bottas, uçinçi poğonani Ferrari’dan Sebastyan Fettel egalladi.
Britaniyalik çempionat umumiy jadvalida birinçi örinni egallab turibdi, u 308 oçkoga ega. Uşbu mavsumda u «Formula-1»ning sakkizta bosqiçida ğolib çiqdi.












