O‘zbekiston | 14:40 / 01.10.2018
14610
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 20ta hujjat imzolandi, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollarga yetkaziladi

Nyu-Dehlida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida imzolangan hujjatlarni o‘zaro almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. 

Tashrif doirasida ilmiy-texnik hamkorlik, qishloq xo‘jaligi, turizm, harbiy ta'lim, adliya, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, farmatsevtika, kosmosni tinch maqsadlarda tadqiq etish va boshqa sohalarga doir 20ta hujjat imzolandi.

Shuningdek, Andijon viloyati va Gujarot shtati, Samarqand shahri va Agra shaharlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish to‘g‘risida bitimlar imzolangan.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Hindiston bilan aloqalarga ustuvor ahamiyat qaratishi, amaliy ruhda o‘tgan muzokaralar tomonlarning o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlaganini ta'kidladi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazishga kelishib olingani qayd etildi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid