Fuqaro I.M. 2018 yil 20 sentabr Namangan viloyat tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza bilan murojaat qilgan.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, u muqaddam Pop tumanida maktab direktori lavozimida işlaganligi, JIB Pop tumani sudining 14.10.2017 yildagi hukmi bilan sudlanib, egallab turgan lavozimidan ozod etilganligini, sud hukmidan norozi bölib, 03.09.2018 yilda Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati Olimjon Töxtanazarovga murojaat qilganida, u davlat organlaridagi yuqori mansabdor şaxslarga pora beriş orqali sud hukmini bekor qilib, oqlov hukmi çiqartirib berişini hamda maktab direktori lavozimiga işga tiklab berişini aytib, evaziga 500 AQŞ dollari miqdorida pul talab qilayotganligini, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur ariza yuzasidan viloyat huquqni muhofaza qiluvçi idoralari xodimlari tomonidan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda 22.09.2018 yil soat 15:00larda O.Töxtanazarov Çust şahri markazida arizaçi M.I.dan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtda, aşyoviy dalil bilan qölga olingan.  

Olimjon Töxtanazarov
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Mazkur holat yuzasidan 22.09.2018 yilda O.Töxtanazarovga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi «v» bandi, 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, şu kuni viloyat xalq deputatlari Kengaşi roziligi olingan holda O.Töxtanazarov JPKning 221-moddasi tartibida uşlandi.

O.Töxtanazarov Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati, ÖzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bölib işlagan.

Uşbu deputat ijtimoiy tarmoqlardagi faol bölib, jamiyat hayotidagi muammolar böyiça, xususan, korrupsiya masalasida özining fikrlarini bildirib kelardi.

U Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevga «Nobel» mukofoti berilişini söraganidan keyin ijtimoiy tarmoqda maşhur bölib ketgandi.