Vazirlar Mahkamasining 25.09.2018 yildagi 765-son qarori bilan Maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş böyiça xizmatlar körsatişni taşkil etiş uçun hududlarni tadbirkorlik sub'yektlariga biriktiriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib ötamiz, 1 avgustdan maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş xizmatlarini körsatiş uçun tuman va şahar hududlari tadbirkorlik sub'yektlariga biriktirib beriladi. «E-IJRO AUKSION» orqali tanlov joriy etiladi.
Biroq yaqin oradagi tanlov uç oy ötgaç ötkaziladi. Bu vaqtda xizmatlar sifatli va öz vaqtida körsatilayotganini tekşiriş maqsadida hududlar inventarizatsiyadan ötkaziladi va örganiladi, natijada böşagan zonalar esa lotlar sifatida qöyiladi.
Qanday hujjatlar kerak
Buyurtmanomalar bildirişnoma joylaştirilgan kundan boşlab, ya'ni tanlov ötkaziş kuniga kamida 30 kalendar kun qolganda saytda avtomatik tarzda qabul qilinadi va uni ötkaziş sanasidan 2 iş kuni oldin (soat 13.00 da) yakunlanadi.
Tanlovda iştirok etiş uçun buyurtmanoma beriş va tanlov taklifini töldiriş lozim. Uşbu hujjatlar ariza beruvçining ERI bilan imzolanadi. Buyurtmanomaga quyidagi hujjatlarning skaner qilingan nusxalari ilova qilinadi:
• yuklarni taşiş faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun amaldagi litsenziya va buyurtmanomada körsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartoçkasi;
• tanlov taklifida körsatilgan har bir transport vositasi röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon);
• abonentlar hisobini yuritiş böyiça avtomatlaştirilgan tizimning dasturiy ta'minotini joriy qiliş va unga xizmat körsatişga şartnoma;
• çiqindi taşiş maşinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlaştirilgan kuzatiş tizimini (GPS) joriy qiliş va unga xizmat körsatişga şartnoma;
• işlab çiqariş bazasining (avtopark, garaj) ijara şartnomasi, agar xususiy bazasi mavjud bölmasa;
• maişiy çiqindilarni töplaş va olib çiqiş böyiça xizmatlar uçun tasdiqlangan tölovlar tariflari (agar mavjud bölsa).
Zakalat puli 2 EKIHni taşkil etadi va ariza beruvçi tomonidan ma'lum bir (tanlangan) lot böyiça buyurtma berilayotganda uning şaxsiy hisobvarağidan yeçib olinadi. Keyinçalik ğolib deb topilgan iştirokçi tölagan summa buyurtmaçi – viloyat, tuman yoki şahar hokimligiga ötkaziladi. Qolgan barçaga zakalat puli tanlov ötkazilgandan keyin qaytariladi.












