Davlat byudjyeti parametrlariga özgartiriş kiritiş töğrisidagi ma'lumotnoma Senat tomonidan tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Byudjyet kodeksining 144 - moddasiga muvofiq, Davlat byudjyeti xarajatlariga uning ijrosi jarayonida Davlat byudjyetining tasdiqlangan parametrlariga nisbatan Davlat byudjyeti xarajatlarini 10 va undan ortiq foizga köpaytirişni yoki kamaytirişni nazarda tutadigan özgartirişlar kiritiş Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimnomasiga köra Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.

Davlat byudjyeti parametrlariga özgartiriş kiritişning asosiy omillari:

Özbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga asosan şaharlarda arzon köp kvartirali uylarning aholi tomonidan tölanadigan boşlanğiç badallarining 25 foizdan 15 foizga kamaytirilişi hamda qişloq joylarda namunaviy arzon uy-joylarning aholi tomonidan tölanadigan boşlanğiç badallarining 15 foizdan 10 foizga kamaytirilişi natijasida byudjyetdan qöşimça ajratilişi lozim bölgan mablağlar miqdorining oşişi;

viloyat hokimliklari taşabbuslariga köra 2018 yil uy-joylar qurilişi dasturlariga qöşimça ravişda:

- şaharlarda 76 ta köp kvartirali uylar qurilişi;
- qişloq joylarda 5 276 ta namunaviy arzon uy-joylar qurilişi hisobiga davlat byudjyetidan qöşimça mablağlar talab etilganligi bois Davlat byudjyeti xarajatlari parametrlarini oşiriş böyiça Oliy Majlisga taklif kiritilgan.