Kuvayt sentabrda AQŞga neft yetkazib berişni töliq töxtatdi. Bunday holat Kuvayt Iroq bilan harbiy ixtilof sababli neft eksportini töxtatişiga töğri kelgan 1992 yildan beri birinçi marta yuz berdi.

Bloomberg axborot agentligining fikriça, Kuvayt AQŞga yetkaziladigan neftni kattaroq talab kuzatilayotgan Osiyoga yönaltiriladi.
 
“Eronga qarşi sanksiyalar boşqa işlab çiqaruvçilarga AQŞdagidan köra narxlar yuqoriroq bölgan Osiyoda köproq neft sotişga imkon beradi”, deb aytgan Lipow Oil Associates konsalting firmasi rahbari Endi Lipou.

Kuvayt nefti Osiyoda bir barreli uçun 80 dollarga, AQŞda esa 79 dollarga sotilmoqda.

Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda Kuvaytning eksport qilinuvçi 80 foiz nefti Osiyoga yetkaziladi.