Joriy yilning 22 sentabr kuni Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati Olimjon Töxtanazarov Çust şahri markazida arizaçidan 500 AQŞ dollarini olgan vaqtda, aşyoviy dalil bilan uşlangandi.

Boş prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berişiça, 1969 yilda Namangan viloyati Pop tumanida tuğilgan Olimjon Töxtanazarov bundan avval ham jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Olimjon Töxtanazarov
Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ma'lum bölişiça, 2015 yilda u fuqaro K.Safoyevadan firibgarlik yöli bilan 1000 AQŞ dollari olayotgan vaqtda içki işlar idoralari xodimlari tomonidan qölga olingan.

Uşbu holat böyiça Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Jinoyat işi tomonlarning özaro yaraşuvi asosida tugatilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq qölga olingan deputat nega pora talab qilganini aytgandi.

«Bu ayolning işonçiga kirib turib, öşa pulni olib, özimning oilaviy ehtiyojimga işlatmoqçi edim. Çin köngildan puşaymonman», - degan u.

Olimjon Töxtanazarov Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyat kengaşi deputati, ÖzMTRK tarkibidagi kanallardan birida rejissyor bölib işlagan. Uşbu deputat ijtimoiy tarmoqlarda faol bölib, jamiyat hayotidagi muammolar böyiça, xususan, korrupsiya masalasida özining fikrlarini bildirib kelardi.