KXDR 20tadan 60tagaça yadro quroli birligiga ega, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi Janubiy Koreyaning birlaşuv işlari böyiça vaziri Ço Men Gyunning bayonotiga asoslanib.
Janubiy Koreyaning yuqori martabali vazirining parlamentga aytişiça, Seul Şimoliy Koreyaning yadroviy arsenali salohiyatini 20tadan 60tagaça bomba miqdorida baholaydi, deyiladi materialda. Bu ma'lumotlar Koreya Respublikasining milliy razvedka xizmatidan olingan, deya aniqlik kiritdi vazir.
Agentlikning ta'kidlaşiça, ehtimol, vazir Ço Men Gyun KXDR yadroviy arsenali haqidagi ma'lumotni tasodifan oşkor etib qöygan bölişi mumkin, sababi buni Janubiy Koreya parlamentdagi yiğiliş vaqtida deputatdan kelib tuşgan savollardan biriga javob qaytayotgan paytda aytib ötgan.
Keyinçalik vazirlikdan ma'lum qilişlariça, Ço Men Gyunning izohi Janubiy Koreya Şimoliy Koreyani yadro quroliga ega kuçli davlat sifatida qabul qilişini anglatmaydi, Seulning Şimoliy Koreyani yadrosizlantiriş böyiça diplomatik sa'y-harakatlari davom ettiriladi, deyiladi materialda.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalaşga kirişgandi.













