Janubiy Koreya Mudofaa vazirligidan xabar berişlariça, KXDR bilan ajratib turuvçi, kengligi tört kilometrni taşkil etuvçi qurolsizlantirilgan hududni minalardan tozalaş işlari boşlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Xabarlarga köra, 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi yillarida halok bölgan harbiy xizmatçilarning jasad qoldiqlarini birgalikda qidiriş böyiça ikki mamlakat örtasida eng yuqori darajada erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş uçun minalar va portlamay qolgan öq-dorilarni yöq qiliş taşkillaştirilgan.

Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligidan ta'kidlaşlariça, qurolsizlantirilgan hududda bir neça ön minglab minalar joylaştirilgan bölişi mumkin.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe KXDR bilan munosabatlar qanday şartda yaxşilanişini aytgandi.