«Mançester Yunayted» yarimhimoyaçisi Pol Pogba yanvarda jamoani tark etmoqçi.

The Sun xabariga köra, fransiyalik futbolçi boş murabbiy Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlaşgani tufayli, klub tarkibida töp tepişni istamayapti. Pogba «Mançester Yunayted» rahbariyatidan boşqa jamoaga qöyib yuborişlarini söramoqda.

Vaziyatdan «PSJ» klubi foydalanib qolmoqçi va Pogbani tarkibiga taklif qilişni rejalaştirmoqda. Parijliklar futbolçining transferi uçun 70 million yevro berişga tayyor.