Aqto‘be fojiasi. Halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning yaqinlari 2,4 mlrd tenge tovon puli talab qilishmoqda

Foto: Qozog‘iston FVV
Aqto‘beda yonib ketgan avtobusda o‘z o‘g‘illari va nabiralarini yo‘qotgan O‘zbekiston fuqarolari har bir halok bo‘lgani qarindoshi uchun 150 million tenge talab qilmoqda. Sudlanuvchilarga nisbatan bunday da'volar 16 nafar jabrlanuvchi tomonidan berildi, deb xabar qilmoqda Kazakhstan Today.
Umumiy miqdorda bu juda katta pulni tashkil etdi - 2 milliard 400 million tenge. O‘zbekiston tomonining bildirishicha, barcha olti gumondor 52 nafar yo‘lovchining o‘limida aybdor - bu uch nafar omon qolgan haydovchi, avtopark direktori va mexanigi, shuningdek, mash'um avtobusning qochib ketgan egasi.
Bundan tashqari, jabrlanganlar ish bo‘yicha sudlanuvchilar uchun eng og‘ir jazoni talab qilishmoqda. Advokatlarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kunlarda yana 22 nafar kishi sudlanuvchilarga o‘z da'volari bilan chiqadilar. Biroq, ular moddiy qiyinchiliklar tufayli sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortishdi.
Sud majlisida O‘zbekiston fuqarolari onlayn rejimda ishtirok etmoqda. Javob beruvchilar aybsiz ekanliklarini ta'kidlashda davom etishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jinoiy ishlar bo‘yicha tumanlararo ixtisoslashtirilgan sudda Aqto‘be oblastidagi yo‘lda fojiali halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘yicha ish yuzasidan jarayon boshlangandi.
O‘zbekistonliklarning yaqinlari sudlanuvchilar uchun eng og‘ir jazoni talab qilishmoqda. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning ota-onalaridan ikki nafari qayg‘uga bardosh bera olmay vafot etgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
-
Toshkentda O‘zbekiston-Xitoy transport fakulteti ochildi
O‘zbekiston | 12:02
-
YeI va BMT AQShni XJC sudyalariga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi
Jahon | 11:52
-
Hali Falastinda ham imkon bor. Osiyo saralashidagi intrigalar
Sport | 11:35
Mavzuga oid

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

20:24 / 20.05.2025