Jinoiy işlar böyiça tumanlararo ixtisoslaştirilgan sudda Aqtöbe oblastidagi yölda fojiali halok bölgan 52 nafar Özbekiston fuqarosi böyiça iş yuzasidan jarayon boşlandi.
Sud jarayoniga Özbekistonning halok bölgan 52 nafar fuqarosi qarindoşlari kelgan. Ularning bildirişiça, farzandlari hali tirik, deb xabar qilmoqda Vnews.kz.

Yulduz Ğaniyeva uşbu fojia oqibatida birdaniga ikki nafar yaqini - öğli va nabirasini yöqotdi. Uning sözlariga köra, ularning telefonlari hali ham işlamoqda. U halok bölganlar röyxatiga tuşgan yaqinlariga doimiy ravişda qönğiroq qiladi, lekin ularning telefonlari javob bermaydi.
«Biz ular halok bölganiga işonmaymiz. Ular tirik. Öğlim va nabiramning telefoni hali ham işlamoqda, lekin javob bermayapti. Köpçilikning telefonlari işlayapti. Odamlar yonib ketdi, lekin telefonlar yonmagan. Bu qanday bölişi mumkin? Demak, ular tirik. Ular, ehtimol, qullikda bölişi mumkin», - deya ma'lum qildi u sudda.
Boşqa jabrlanuvçilar ham xuddi şu fikrda. Bunday taxminlardagi asosiy dalil şundaki, ularga halok bölgan yaqinlarining jasad qoldiqlari va ölimni tasdiqlovçi tahlillar körsatilmagan. Fojiali ölim topgan özbekistonliklarning qarindoşlari sözlariga köra, odamlarni yopiq tobutlarda olib kelişgan va dafn etişgan.
Darvoqe, jabrlanuvçilar jarayonga avtobusda kelib, Aqtöbedagi ijaraga olingan kvartiralarda joylaşdilar. Ular advokatlarni yollaşmadi, biroq Özbekiston elçisidan sudga kelişni söraşgan.
«Biz elçixona vakilini talab qilamiz, u bizning huquqlarni himoya qilişi lozim. Biz advokatlarni yollamaganmiz. Alloh - bizning advokatimiz. Çunki faqatgina Alloh buni kördi», - deya ma'lum qilişgan ular.
Sudlanuvçilar örnida Janubiy Qozoğiston viloyatidan bölgan uç nafar avtobus haydovçisi qatnaşmoqda. Tergov organlari ularni transport vositasidan notöğri foydalaniş va yöl harakati qoidalarini buzişda ayblaşmoqda.


















