Baliq inson organizmini tozalovçi, suyak va tişlarni mustahkamlovçi şifobaxş taom sifatida qadimdan sevib iste'mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bölişi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oşiradi. Baliq göşti tarkibida juda köp vitamin va mikroelementlar saqlanişi tufayli biologik qiymati ham mol va qöy göştidan yuqori turadi. Baliq göştining 100 grammida inson salomatligi uçun kerak böladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.

Özida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot göştini köp yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan köplab foydali moddalar, şuningdek organizm uçun zarur bölgan Omega - 3 yoğ kislotalari mavjud. Ular quyidagi foydali xususiyatlarga ega.

Foto: Allday

Şuningdek, baliqni iste'mol qiliş bir qança kasalliklarga koni foyda hisoblanadi: yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi, köriş qobiliyatini yaxşilaydi, uyquni yaxşilaydi, revmotoid artritni yengillaştiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almaşinuvini tezlaştiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oşiradi,  jigar uçun foydali hisoblanadi.

Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soç tökilişi, buqoq dardlaridan asraysiz.

Odatda, daryo baliğini qovurib iste'mol qilamiz. Ammo bunda yurak va tomirlarga qança zarar borişini bilasizmi? Bu körinişda baliq nafsni siylagani qoladi. Organizmga foyda berişi uçun bugundan boşlab baliqni ziravorlar qöşib qaynatma şörvaga solib, yoki gaz peçida pişirib, kotlet tayyorlab yeyişga örganing. Ammo qovurma baliqqa köngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qöygan ma'qul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon böladi.

Baliq olayotganingizda avvalo uni tanlay biliş lozim, yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpuşti, turiga qarab qizil rangda böladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib köring, ezganda xuddi rezinka singari öz holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, ötkir hidli, göşti yaşil yoki sarğiş bölsa, yaqinlaşmang. Sovutgiçda xom baliq 3 kun, muzxonada bir neça oygaça bemalol saqlanişi mumkin.

Baliqning göştidan taşqari uning moyi ham organizm uçun koni foyda hisoblanadi.

Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalsiy va fosforning özlaşişini faollaştiradi. D vitaminisiz kalsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz böladi. Ayniqsa, qiş mavsumida. Çunki D vitamini quyoş nuri ta'sirida organizmga sintezlaşadi. Bundan taşqari, D vitamini asab sistemasini tinçlantiradi va tutqanoq tutib qolişidan asraydi.