Özbekistonda tramadol va pregabalin («lirika») singari psixofaol dori vositalari savdosi uçun javobgarlikka tortiş boşlanadi. Oliy Majlis Senati qonunçilikka kiritilayotgan jamoatçilik xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan özgartişlarni ma'qulladi, deb yozmoqda Gazeta.uz.
Parlament yuqori palatasi Qonunçilik va sud-huquq masalalari böyiça qömitasida doimiy asosda faoliyat olib boruvçi senator Şuhrat Çölliyev IIV ma'lumotlariga tayanib, 2015 yildan 2018 yil iyuliga qadar sakkiz turdagi şu kabi sintetik kannabinoidlar aniqlanganini ma'lum qildi. Ular Özbekistonda aylanişi taqiqlangan yoki çeklangan narkotik va psixotrop vositalar röyxatiga kiritilmagan.
Şuhrat Çölliyev jismoniy şaxslar dorixonalardan taşqarida dori vositalari savdosi bilan şuğullanayotgani holatlari borligini qayd etib ötdi. Köçalardagi «farmatsevtik bozorlar"da röyxatga kiritilmagan, yaroqlilik muddati ötgan psixofaol dori vositalari sotilmoqda. «Iste'mol qilinganda «eyforiya"ni keltirib çiqaruvçi preparatlar ham aniqlandi», — dedi u.
Uning sözlariga köra, bunday vaziyat fuqarolar salomatligiga salbiy ta'sir körsatadi. 2017 yilda 67ta şunday huquqbuzarlik aniqlangan bölsa, joriy yilning yetti oyi davomida 84taga yetdi.
«Tramadol» va «Lirika» savdosi. Vaziyat keskinlaşmoqdaDori vositalari va farmatsevtik faoliyat töğrisidagi qonunning 13-moddasiga köra, dori vositalari faqatgina dorixona muassasalari va ularning filiallarida sotilişi mumkin. Biroq qonunçilikda mazkur moddani buzganlik uçun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik belgilanmagan.
Huquqni muhofaza qiliş organlaridan ma'lum qilinişiça, tramadol, pregabalin («lirika»), zopiklon («sonnat») kabilar narkotik va psixofaol dori vositalari röyxatida bölmagani sababli dori vositalari sotuvçilarini javobgarlikka tortiş imkoniyati yöq edi.
«Avvallari köpi bilan ular militsiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagani uçun javobgarlikka tortilar, aksariyat hollarda ular bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan. Endilikda ularga qarşi kuraşda qonuniy dastak mavjud», — degan Gazeta.uz suhbatdoşi.
U tramadol va pregabalin uşbu röyxatga kiritilişi aniq ekanini aytib ötgan.
Qonun bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual hamda Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarga narkotik moddalar va prekursorlarning noqonuniy savdosi bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş töğrisidagi özgartişlar kiritiladi.












