Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Niderlandiyadan chiqarib yuborilgan rossiyaliklar MH17 bo‘yicha hujjatlarni o‘marmoqchi bo‘lishgan
Niderlandiyadan chiqarib yuborilgan rossiyaliklar Ukraina sharqida Malayziyaning Boeing samolyoti qulashi bilan bog‘liq hodisani tekshirish bo‘yicha fayllarni o‘g‘irlashmoqchi bo‘lishgan. Bu haqda «Bi-bi-si» Niderlandiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Bu haqdagi ma'lumotlar rossiyaliklardan biriga tegishli bo‘lgan noutbukdan olingan. Ta'kidlanishicha, u Kimyoviy qurollardan foydalanishni taqiqlash tashkiloti (KQTT) va Butunjahon dopingga qarshi agentlikka (WADA) kiberhujumlar uyushtirishga urinishda ham ishlatilgan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olish paytida rossiyaliklar o‘zlari ishlatgan uyali telefonlarni yo‘q qilishga urinishgan.
Niderlandiya harbiy razvedkasi vakili Onno Eyxelseyn KQTTga kiberhujumga urinish uchun qo‘lga olingan Rossiya fuqarolarining ismlarini e'lon qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Eyxelseynning so‘zlariga ko‘ra, gap «razvedka yordami» uchun mas'ul bo‘lgan Aleksey Minin va Oleg Sotnikov, shuningdek, kibermutaxassilar Yevgeniy Serebryakov hamda Aleksey Morents haqida ketmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Niderlandiya GRUning kiberhujumi oldi olinganini ma'lum qilgan. Mamlakatdan 4 rossiyalik chiqarib yuborilgani ham qayd etildi.
Mavzuga oid
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026