Nyu-York ma'muriyati AQŞ prezidenti Donald Trampdan soliqlar tölaşdan boş tortib tölamagan barça pullarni undiradi. Bu haqda Nyu-York meri Bill de Blazio matbuot anjumanda aytib ötdi.
U Tramp soliqlarni tölamagani haqida The New York Times naşrida bildirilgan ayblovlar haqiqatga mosligiga işonç bildirgan. Merning aytişiça, Tramp “soliq idoralarini aldagan, qoidalarni çetlab ötib, köplab marta sud va tergovlardan qoça olgan”. “Oçiğini aytganda, agar Nyu-Yorkdagi davlat işçilari öz vazifalarini vijdonan bajarganlarida Tramp heç qaçon AQŞ prezidenti böla olmasdi”, deb aytgan de Blazio.
The New York Times’ning ta'kidlaşiça, Tramp köçmas mulk sohasida otasidan soliqdan qoçişda kömak bergani uçun kamida 413 mln dollar olgan.
Maqolaga köra, Trampning ota-onasi öz farzandlariga 1 mlrd dollardan köproq naqd pul va köçmas mulk bergan. AQŞda belgilangan 55 foizlik soliq stavkasiga köra, tölanişi kerak bölgan soliq kamida 550 mln dollarni taşkil qilişi kerak bölgan. Tramplar esa aslida 5 foizlik stavka böyiça bor-yöği 52,2 mln dollar soliq tölaşgan. Naşrning fikriça, AQŞ soliq idoralari Tramp soliqdan qoçişning şubhali, gohida esa oçiqçasiga qonunga zid sxemalarini qöllaganiga qarşi deyarli heç qanday qarşilik körsatişmagan.
Trampning advokati naşrda bildirilayotgan ayblovlarni soxta deb atagan.












