AQŞ prezidenti Donald Trampning Tennessi ştatidagi öz tarafdorlari oldida sözlagan nutqida bildirişiça, demokratlar siyosati Qöşma Ştatlar köçalarida jinoyatçilarning «suvdek köpayib ketişiga» olib kelişi mumkin. Trampning nutqi translyatsiyasi CNN telekanali tomonidan efirga uzatildi.
Prezidentning qayd etişiça, demokratlar AQŞ köçalarini boşqa mamlakatlardan kelgan jinoyatçilar bilan «töldirişga urinmoqda». Uning fikriga köra, agar uning raqiblari çegara nazoratini liberallaştiriş sohasida islohotlar ötkazsa, bu röy berişi mumkin.
«Men aytgan narsani eslab qoling. Demokratlar - bu jinoyat partiyasi», - deya ta'kidlab ötdi Tramp.
Eslatib ötamiz, avvalroq Britaniyada darğazab Trampning noodatiy haykali paydo bölgandi.













