2018 yil 3 oktabr kuni Özbekiston Matbuot va axborot agentligi, Özbekiston Respublikasi Taşqi savdo vazirligi, Özbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda boşqa qator taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan XX “Qadoqlaş va bosma işi – O’ZuPACK – O’ZBEKinPRINT – O'ZuPACK 2018” xalqaro körgazmasi öz işini boşladi.
Mazkur körgazma joriy yilda özining 20 yilligini nişonlayotgani bilan alohida ahamiyatga ega. Tadbir tayyor qadoq va qadoqqa belgi qöyiş böyiça mahalliy va xorijiy qadoqlaş texnikasi işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçilarini, işlab çiqarişning boşidan oxirigaça bölgan jarayonlar, qadoq, belgi va poligrafiya işlab çiqarişdan iborat bölgan turdoş işlab çiqarişlarni bir maydonda jamlaydi.
Bu yil körgazma doirasi 16 foizga oşgan bölib, unda jami 15 mamlakat – Avstriya, Germaniya, Hindiston, Eron, Italiya, Qozoğiston, Xitoy, Koreya Respublikasi, AQŞ, Turkiya, Fransiya, Rossiya, Özbekiston, Finlyandiya hamda Yaponiyadan 66 ta kompaniya va brend qatnaşmoqda.
Yubiley forum uçun qator yirik premeralar – poligrafiya va bosma işi bozori iştirokçilari uçun qiziqarli, ya'ni uskunalarni işlayotgan holatidagi taqdimotlar ötkazilmoqda. Jumladan, “Akela Group” kompaniyasi stendida uning quyidagi hamkorlari texnologiyalari namoyiş etilmoqda.
“Line O Matic Graphic Industries” (Hindiston), “Guangdong Constant Precision” “Machinery” (Xitoy), “Zhejiang Horda Machinery” (Xitoy), “UFLEX Limited” (Hindiston) kabi yetakçi xorijiy işlab çiqaruvçilar qoğoz kesiş maşinasi, fleksbosma uçun avtomat uskuna, inʼeksiyali quyiş maşinasi, kitob korpusini tayyorlaş uçun avtomatik maşina, babinali-kesiş maşinasi va boşqa zamonaviy uskunalarni namoyiş etişmoqda.
Qarorgohi Tokio şahrida joylaşgan bosma işi sohasidagi global yetakçi bölmiş “Ricoh” kompaniyasining bozorga çiqişi yorqin debyut bölişi kutilmoqda. Körgazma doirasida raqamli bosiş maşinasi, keng formatli köp funksiyali qurilma, lateksli printer namoyiş qilinadi. “Ricoh Rus”ning Özbekiston bozoriga rasmiy ravişda kirib kelişi 2017 yilning sentabr oyida yuz bergandi, öşanda raqamli tijorat bosma işi bozorida uskuna va yeçimlarni yetkazib beruvçi yetakçi kompaniyalaridan biri, joriy körgazmada ham iştirok etayotgan “UCD Micros” bilan şartnoma imzolangan edi.
Oziq-ovqat va içimliklar, nooziq-ovqat tovarlari, kosmetika va dori vositalari, quriliş mollari, sanoat mahsulotlari işlab çiqaruvçilari jahonning taniqli kompaniyalari “Windmoeller & Hoelscher” (Germaniya), “HAVER & BOECKER” (Germaniya), “SWEMA” (Rossiya-Germaniya), “InKomPro-Servis” (Rossiya), “Ala Sintez” (Qozoğiston), “TEKO ALUMINYUM SANAYI”(Turkiya), “ÜNER PLASTİK” (Turkiya), “NIKOL-PAK” (Rossiya), “ERPAKSAM MAKINA” (Turkiya) va boşqalar bilan amaliy muzokaralar olib boriş imkoniga ega bölmoqda.












