Toşkent şahrining Çilonzor tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Ma'lum bölişiça, şu yil 3 oktabr kuni Şayxontohur tumanida yaşovçi muqaddam sudlangan B.X. Çilonzor 6-daha hududida joylaşgan örta maktab öqituvçisi R.E. ismli ayolga tegişli içida 150 ming söm puli va 2 000 AQŞ dollari bölgan sumkasini öğirlab ketgan.

Körilgan çoralar natijasida B.X. qölga olingan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.