Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Skripalni xoin va palid deb atadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni palid, deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Ba'zilar uni huquq himoyachisi, deb atashmoqda, biroq u josus, shunday tushuncha bor - «vatan xoini». U shunchaki palid, uning atrofidagi axborot kampaniyasi qancha tez tugasa, shuncha yaxshi bo‘ladi», - deya ma'lum qildi Putin.
Putin Rossiya Skripalning zaharlanishiga aloqador ekanini yana rad etgan, biroq, shu bilan birga, GRU sobiq xodimi xoin va palid shaxsligini ma'lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal Rossiyada juda yuqori darajadagi korrupsiya sxemasi haqida gapirgandi.
«Bi-bi-si» jurnalisti Mark Urbanning kitobida aytilishicha, Sergey Skripal Britaniya razvedkasiga 1990-yillardagi korrupsiya sxemasi haqida ma'lumot bergan, unda FXX sobiq rahbari, Rossiya Xavfsizlik kengashining hozirgi kotibi Nikolay Patrushev haqida so‘z yuritilgan.
Mavzuga oid
09:15
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026