O‘zbekiston | 07:36 / 05.10.2018
6799
4 daqiqa o‘qiladi

Prezident qarori: O‘zbekistonda saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi joriy etiladi 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Saylov jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA  tomonidan keltirilgan.

Hujjat bilan Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining mamlakatning butun hududida saylov jarayoniga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati (SYaER)dan foydalanish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi. 

SYaERni shakllantirishda Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlar axborot bazasiga, Ko‘chmas mulk obektlari yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obektlari manzillari yagona reyestriga muvofiq saylovchi-fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylarining manzillari to‘g‘risidagi yagona axborotdan foydalanilishi belgilab qo‘yildi. 

Belgilanishicha:

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi mamlakatning butun hududida Saylov jarayonini boshqarishning axborot tizimini joriy etish va SYaERdan foydalanish bo‘yicha faoliyatga umumiy rahbarlikni va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini joriy etish va SYaERdan foydalanishda yagona texnologik yondashuvni, shuningdek, ularning hududlarda samarali ishlashini ta'minlaydi; 

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Ko‘chmas mulk obektlari manzillarining yagona reyestri va Ko‘chmas mulk obektlarining yagona reyestrini yuritish uchun javobgar organ hisoblanadi; 

«UNICON.UZ» – «Fan-texnika va marketing tadqiqotlari» DUK Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimini yaratish, yanada takomillashtirish va unga texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, uning samarali va uzluksiz ishlashini ta'minlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar muddatda: 

fuqarolarni uyma-uy yurib o‘rganish orqali ularning pasport ma'lumotlarini ko‘chmas mulk obektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar axborot bazasidagi fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari to‘g‘risidagi axborotni to‘liq dolzarblashtirishni o‘tkazishni; 

tumanlar (shaharlar) va hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari rahbarlarini uyma-uy yurib o‘rganishni tashkil etishga jalb etishni; 

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda fuqarolarning pasport ma'lumotlarini ko‘chmas mulk obektining kadastr raqamiga bog‘lagan holda Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlar axborot bazasini Ko‘chmas mulk obektlarining yagona reyestriga va Ko‘chmas mulk obektlari manzillarining yagona reyestriga muvofiqlashtirilishini ta'minlaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid