Samarqandda barpo etilayotgan Samarkand City turistik zonasining qurilishini 2019 yilning oxirigacha tugallash mo‘ljallanmoqda. Shahardagi Amir Temur va Firdavsiy ko‘chalari oralig‘ida barpo etilayotgan «Ipak yo‘li» mehmonxona majmuasi loyihasi haqidagi ma'lumotlar «O‘zbekiston strategiyasi» jurnalida chop etildi.
Jumladan, jurnalda majmuaning umumiy yer maydoni 118.086 m2, o‘zlashtiriladigan yer maydoni 93.400 m2, 450 o‘rinli mehmonxona va 220 xonadondan iborat turar-joylar bo‘lishi haqidagi ma'lumot keltirilgan. Majmuada, shuningek, savdo va ko‘ngilochar muassasalar, jumladan, amfiteatr, bouling klublar, karaoke-barlar, kafe va restoranlar bo‘ladi.

«Ipak yo‘li» mehmonxona majmuasidagi Kirish darvozasi va Samarqand maydoni, shuningdek, Yevropa va Xitoy uslubida barpo etiladigan ko‘chalar, turar-joy binolarining ko‘rinishi loyihasi ham tasvirlangan.


















