Jahon banki O‘zbekistonda mamlakatning investitsion va turistik salohiyatini oshirish, shuningdek, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan, o‘rta shaharlarni integratsiyalashgan rivojlantirish bo‘yicha loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Yaqin vaqt ichida Jahon banki Kogon, Chortoq va Yangiyo‘l shaharlarini rivojlantirish va obodonlashtirish bo‘yicha sinov loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ushbu loyiha uchun tayyorgarlik tadbirlarini o‘tkazish uchun Jahon banki vakillariga bu shaharlarning kartografik materiallari kerak.
«Bunday ma'lumotlarning taqdim etilishi Sovet Ittifoqi qonunchiligiga asoslangan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarga tayanuvchi muayyan tasdiqlash tartib-qoidalariga aloqador», - deya ta'kidlab o‘tdi «Davergeodezkadastr» raisi o‘rinbosari Sherzod Habibullayev.
Kogon, Chortoq va Yangiyo‘l shaharlariga ortiqcha byurokratik jarayonlarni bartaraf etish va sinov loyihasi ustida imkon qadar tezroq ish boshlash uchun maxsus maqom berish ehtimoliy yechimdir.















