O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vazir o‘rinbosari lavozimiga kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.

Lavozimga bo‘lgan asosiy talablar va vazifalar

Talablar:

• iqtisodiyot, moliya, soliq, sug‘urta, bank, buxgalteriya hisobi va audit, va shunga yaqin yo‘nalishlarda hamda oliy o‘quv yurtlari yoki ilmiy tadqiqot markazlarida 5-10 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
• innovatsion g‘oya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan o‘zgarishlar qila olish qobiliyati;
• o‘tkir zehn, o‘z qarashlarini himoya qila olish, kuchli iroda, strategik fikrlash va boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish;
• xodimlarni tanlash va samarali boshqarish malakasi; 
• davlat va jamiyat uchun fidokorona xizmat qilish hissi.

Vazifalar:

1. Ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport, ijtimoiy himoya va fan, davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat budjetlarini tuzish, moliyalashtirish va xarajatlarning natijaviyligini ta’minlash masalalari bo‘yicha budjet siyosatini yuritish;
2. Boshqaruvi ostidagi tashkilot va muassasalarning samarali faoliyatini hamda moliyaviy ma’lumotlar ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;
3. Boshqa vazirlik va idoralar, shuningdek jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni boshqarish hamda jamoa a’zosi sifatida ularda qatnashish;
4. Xalqaro tashkilotlar bilan budjet jarayonini takomillashtirish masalalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish;
5. Zarur hollarda jamoatchilik oldida chiqishlar qilish va ommaviy axborot vositalariga intervyular berish; 
6. Talabchanlik, konstruktiv tanqid qilishni bilish, hamkasblar fikrini inobatga olish, manfaatlar to‘qnashuvini keltirib chiqaradigan muammoli vaziyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va hal qilish;
7. Boshqaruv qarorlarini tezkor qabul qilish va ijrosini ta’minlash, muzokaralarni olib borish; 
8. Lavozimga mos boshqa vazifalarni bajarish.

Barcha nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy malaka va shaxsiy talablar

1. Moliya, iqtisodiyot, soliq va bank yo‘nalishlarida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlarga imtiyozlar beriladi);