Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev hukumat a'zolaridan faolroq işlaşni talab qildi, aks holda ularni samaraliroq xorijlik mutaxassislar bilan almaştirişini aytdi. Nazarboyev bu haqda 5 oktabrda xalqqa murojaatida aytib ötgan.
“Biz qişloq xöjaligi sohasini boşqarişning eng yaxşi tajribasini qöllaşimiz lozim. Qulay, qayişqoq standartlarni joriy etiş, qişloq xöjaligi sohasidagi muvaffaqiyatli xorijlik mutaxassislarni jalb qiliş yöli bilan. Ularni izlaş kerak. Öz vaqtida Singapur butun dunyo böylab pensiyaga ketganlarni izlagan, ularni taklif qilgan, ular rahbarlik qilganlar”, deb aytgan Nazarboyev.
Qozoğiston prezidenti respublikada rahbarlik lavozimini egallayotgan xorijliklar borligini eslatib ötgan. “Bizda milliy aviataşuvçi Air Astana’ni kim boşqaradi? Nazarboyev universitetga kim rahbarlik qiladi? Yaponiyalik”, deb aytgan Nazarboyev.
“Qaranglar. Agar risoladagidek işlamasangiz, men örningizga ularni taklif qilaman”, deb ogohlantirgan hukumat a'zolarini Nazarboyev.
Aytib ötiş joiz, Air Astana’ning prezidenti Buyuk Britaniya fuqarosi Piter Foster hisoblanadi. Nazarboyev universitet prezidenti lavozimini esa Yaponiya fuqarosi Şigeo Katsu egallaydi.












