Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 15 noyabrdagi 396-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 11-bandi uchinchi xatboshisidan “va tashkilotchilarning muhri bilan tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlanishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 22-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan, yuridik shaxsning muhri bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik sub'yektlari bundan mustasno) texnik ko‘rik dalolatnomasining bir nusxasi”.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 13 fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo Qoidalarining 58-bandi ikkinchi xatboshisidan “va muhri” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 9 iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 16-bandi ikkinchi xatboshisidan “litsenziya talabgorining muhri bilan tasdiqlangan” so‘zlari chiqarib tashlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“litsenziya talabgori tashkil etishni mo‘ljallayotgan lotereya o‘tkazish shartlarining litsenziya talabgori rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan loyihasi”.

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:

a) 3.9-bandidan ikkinchi jumla chiqarib tashlanadi;

b) 4-1-bandi o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etiladi: