Nurmagomedovning otasi: Makgregor 3 oy davomida o‘g‘limni masxaralab kelgan
Rossiyalik UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov irlandiyalik jangchi Konor Makgregor 3 oy davomida o‘g‘lini masxara qilib kelgani haqida gapirdi. Uning aytishicha, Makgregor Xabib Nurmagomedovning gonorar puli miqdoriga aniqlik kiritilmaganini aytib, Nurmagomedovning jig‘iga tegib kelgan.
Keyinroq Xabib mazkur jang uchun 2 million dollar miqdorida gonorar olishi belgilangandi. Konorga esa 3 million dollar va'da qilindi.
«Ular 3 oy davomida jahlimizni chiqarishdi. Gonorar haqida hech narsa ma'lum emasdi. Ikki kun ovqat yemaganman, holdan toyganman», degan u.
7 oktabr kuni tongda o‘tkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Xabib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida dog‘istonlik oktagondan sakrab chiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga tashlandi. Xuddi shu vaqtda uning jamoasi a'zolari oktagon ichiga kirib Makgregorning o‘ziga hujum qilishdi. Janjal politsiyachilar aralashuvi bilan to‘xtatildi.
Hozirda Nevada shtati sport komissiyasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv olib bormoqda.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, qoidalarni buzgani uchun Xabib Nurmagomedov diskvalifikatsiya qilinishi va chempionlikdan mahrum qilinishi mumkin. Shuningdek, unga jang uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan gonorar tekshiruv yakunlangunicha muzlatib qo‘yilgan.
Mavzuga oid
00:41
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019
Makgregor qaytmoqda: u UFC afsonasiga qarshi jang o‘tkazadi
08:00 / 26.11.2019