Braziliyada 7 oktabrda prezident, vitse-prezident, milliy kongressga (parlament) deputatlar, gubernator va vitse-gubernatorlar saylovlari bölib ötmoqda.
Ovoz beriş huquqiga ega bölgan 147 mln braziliyalik mamlakat prezidenti va vitse-prezidentidan taşqari, 513 deputat, 53 senator va 27 gubernatorni saylaşlari kerak böladi.
Asosiy e'tibor mamlakat prezidenti saylovlariga qaratilgan. Bu lavozim uçun 13 nomzod, jumladan: Sotsial-liberal partiyadan Jair Bolsonaru, Mehnatkaşlar partiyasi vakili, San-Pauluning sobiq meri Fernandu Addad, Demokratik işçi partiya nomzodi Siru Gomes, Sotsial-demokratik partiya nomzodi, San-Paulu ştatining sobiq gubernatori Jyeraldu Alkmin va “yaşillar” nomzodi Marina Silva kuraş olib bormoqda.
Saylovlar natijalariga köra birorta nomzod 50 foizdan köproq ovoz töplay olmasa, unda 28 oktabrda saylovlarning 2-bosqiçi bölib ötadi va unda 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan ikki nomzod iştirok etadi. Oxirgi sörovnomalar natijalariga köra, 2-bosqiçga Jair Bolsonaru va Fernandu Addad katta ehtimol bilan ötişi taxmin qilinmoqda.












