Amalga oşirilişi uçun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining röyxatiga (keyingi örinlarda – Röyxat) özgartirişlar kiritildi.
Eslatib ötamiz, aprel oyida davlat rahbari tomonidan 7ta litsenziyalanadigan faoliyat turini bekor qiliş töğrisidagi taklif qabul qilindi. Biroq rasmiy-yuridik nuqtai nazardan qaraladigan bölsa, u yoki bu litsenziyalar faqat Röyxatga özgartirişlar kiritilgandan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi, çunki uşbu röyxat Qonun bilan tasdiqlangan, deb yozadi Norma.
Şu munosabat bilan Röyxatdan quyidagilar çiqarib taşlandi:
• aeroportlardagi taşiş işlarini bajaruvçi havo kemalariga xizmat körsatiş faoliyati;
• tamaki xom aşyosini fermentlaş;
• audiovizual asarlarni tayyorlaş, dublyaj qiliş va ekranda namoyiş etiş;
• audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uçun yaratilgan dasturlarni realizatsiya qiliş va prokatga beriş.
Bundan taşqari, törtta yönaliş – telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalaştiriş, quriş, ulardan foydalaniş va ularga xizmat körsatiş – bitta pozitsiyaga birlaştirildi. Ilgari har biri böyiça alohida hujjat talab etilgan bölsa, endi ular böyiça litsenziya umumiy böladi.
Şu tariqa, kiritilgan özgartirişlar natijasida litsenziyalanadigan faoliyat turlarining umumiy soni 60 ta pozitsiyadan 55 tagaça qisqartirildi.
Qayd etilişiça, kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar tahlili quyidagilarni körsatdi.
Birinçidan, prezidentning 11.04.2018 yildagi PF–5409-son farmoniga 1-ilovada quyidagi faoliyat turlariga litsenziya berilişini bekor qiliş nazarda tutilgan:
• köçmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlarini körsatiş;
• dori vositalari va tibbiy buyumlarni yaratiş böyiça ilmiy-tadqiqot işlari, şuningdek ularning sifatini nazorat qiliş;
• neft mahsulotlarini AYoQŞ va moy almaştiriş punktlari orqali sotiş.
Biroq Röyxatga kiritilgan tuzatişlarda bular nazarda tutilmagan. Bundan taşqari, 3.10.2018 yildagi ÖRQ–494-son Qonun bilan «Rieltorlik faoliyati töğrisida»gi va «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati töğrisida»gi qonunlarga özgartirişlar kiritilmagan (keyingisi böyiça tegişli loyiha işlangan edi).












