Joriy yilning avgust oyida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi keyingi öquv yilidan e'tiboran yagona maktab formasini kiritişga doir qarorni qabul qildi. 

"Ayni damda maktab öquvçilari uçun ilk namunalar tikiladigan "Kamvol" matolarini Toşkentga yetkazib berişga oid muzokaralar bormoqda. Belarusning yengil sanoat mahsulotlarini ulgurji sotişga doir sohaning eng yirik körgazmasi mehmonlari Belarus tekstili sifatini yuqori baholaşdi. U yerda kiyim-keçak işlab çiqaruvçilar taqdimoti, Fashion sanoati va internet-savdoda samarali menejment böyiça treninglar ötkazildi", - deyiladi «Belarus 24» telekanali efirida.

«Kamvol» (Minsk kamvol kombinati) «Bellegprom» konserni yengil va töqimaçilik sanoatining eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. Korxona kostyum va kiyim-keçaklar uçun sof junli va yarim junli matolarni işlab çiqariş böyiça Belarus Respublikasidagi yagona, MDHdagi eng yirik korxonadir.