Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 9 oktabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari ötgan haftadagi kursga nisbatan 1,42 sömga qimmatlaşgan va 1 dollar 8181,08 sömga yetgan.

1 yevro 41,71 sömga arzonlaşib, 9427,06 sömni taşkil qildi.

1 Rossiya rubli 3,11 sömga arzonlaşdi va 1 rubl 122,73 sömga teng bölib turibdi.

Eslatib ötamiz, şu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana ösa boşladi. Bir neça hafta avval kurs keskin qimmatlaşgan, kurs bir haftada 176,83 sömga ösib, 1 dollar 8039 sömga yetgandi. 

Ötgan haftada ham keskin kötariliş bölgan, 1 AQŞ dollari 100,38 sömga qimmatlaşgan va 1 dollar 8179,66 sömga yetgandi.

Ma'lumot uçun, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.