MMA’dagi rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiysi Abdulmannop jangdan keyingi muştlaşuv uçun öğlini jazolaşga va'da berdi. U bu haqda «Ren TV» telekanaliga aytib ötdi.

«Sen oktagonda nima xohlasang, şuni qilişing mumkin. Undan taşqarida - bolalar, ayollar, begona odamlar. Mening jamoam har doim intizomi bilan maşhur bölgan, şuning uçun Habibga qarşi sanksiyalar UFC’dan ham qattiqroq böladi», - deya aytib ötdi katta Nurmagomedov. Uning qöşimça qilişiça, röy bergan hodisa uçun mas'uldir.

7 oktabr kuni tongda ötkazilgan UFC 229 turnirining asosiy jangida Habib Nurmagomedov Konor Makgregorni 4-raundda böğiş usuli bilan taslim etdi. Jang yakunida doğistonlik oktagondan sakrab çiqdi va irlandiyalik raqibining murabbiyi Dillon Dennisga taşlandi. Xuddi şu vaqtda uning jamoa a'zolari oktagon içiga kirib Makgregorning öziga hujum qilişdi. Janjal politsiyaçilar aralaşuvi bilan töxtatildi.