AQŞda rossiyalik milliarder va «RUSAL» konserni egasi Oleg Deripaskaning aktivlari muzlatildi. Bu haqda New York Post naşri Amerika Moliya vazirligi amaldorlariga tayangan holda yozmoqda.
Aprel oyida AQŞ hukumati milliarder Oleg Deripaskani sanksiyalar röyxatiga qöşdi. Xususan, Nyu-Yorkdagi Yuqori Ist-Sayd tumanida, şuningdek, Vaşingtonda joylaşgan qasr muzlatib qöyilgan aktivlar orasiga kiritildi.
AQŞ rasmiylarining fikriça, Deripaska «rus mafiyasi yetakçilariga», şuningdek, Kremlga aloqador, deyiladi materialda. Şuningdek, naşrning yozişiça, Deripaska yillar davomida Qöşma Ştatlarda moliyaviy firibgarlikda aybdor deb topilgan AQŞ prezidentining saylovoldi kampaniyasi sobiq rahbari Pol Manafortga pul tölab kelgan. Hozirgi vaqtda Manafort «Rossiya işi» böyiça suriştiruv jarayoniga rahbarlik qilayotgan AQŞ maxsus prokurori Robert Myuller jamoasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozirda AQŞ Moliya vazirligining mansabdor şaxslari Deripaska bilan Yevropada aktivlar bilan amaliyotlardan boş tortiş böyiça muzokaralar olib bormoqda, deb xabar qiladi NY Post.
Rossiyalik milliarder 2008 yilda köçmas mulkni 42,5 million dollarga sotib olgan, deyiladi materialda.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ rossiyalik milliarder Vladimir Yevtuşenkovga sanksiya qöllamoqçi ekani, u Özbekistonda noqonuniy operatsiyalar amalga oşirgani xabar qilingandi.













