Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktabr kuni rasmiy taşrif bilan Parij şahriga yetib bordi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Orli» xalqaro aeroportida Özbekiston rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy şaxslari kutib oldi.

ÖzA xabariga köra, bugun davlat rahbari BMTning Ta'lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti Boş direktori Odri Azule bilan uçraşadi. Unda Özbekiston va YuNeSKO örtasidagi şeriklikni kengaytiriş istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018-2021 yillarga möljallangan qöşma Harakatlar rejasi qabul qilinişi kutilmoqda.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Senati raisi bilan va Fransiyaning yetakçi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uçraşişi közda tutilgan.
Taşrifning asosiy tadbirlari 9 oktabrga belgilangan. Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oşiriş, şuningdek, madaniy-gumanitar almaşuvlarni faollaştiriş masalalari örin olgan.
Prezident matbuot xizmati xabar berişiça, uçraşuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san'at sohalarida özaro hamkorlik töğrisidagi bitimlar imzolanişi közda tutilgan.











