Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida Migratsiya böyiça Xalqaro taşkilot (XMT) delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
XMT tomonidan – janubiy-şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari böyiça XMT mintaqaviy direktori Argentina Sabadoş (delegatsiya rahbari), Markaziy Osiyodagi XMT mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Deyan Keseroviç, mintaqaviy direktor yordamçisi Syuzan Arnold iştirok etdi.
Vazirlik xabariga köra, uçraşuv davomida 2018 yil noyabr Jyeneva şahrida ötkaziladigan XMT kengaşi majlisida ma'qullanişi nazarda tutilayotgan Özbekiston Respublikasining XMTga a'zo bölişi muhokama qilindi.
Şuningdek, mehnat migratsiyasi sohasida XMT loyihalarini amalga oşiriş maqsadida Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston va Afğonistonda submintaqaviy markaz sifatida faoliyat yuritadigan XMTning kamida ikkita vakolatxonasi (töla huquqli ofislari)ni Özbekistonda (Toşkent va Termiz şaharlarida) taşkil etiş, “Işga marhamat” monomarkazi negizida Toşkent şahrida va Surxondaryo viloyatida kamida ikkita Yevropa mamlakatlariga ketiş oldidan mehnat migrantlarini köniktiriş markazini taşkil etiş va kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlaşda XMTning iştirok etişi tilga olindi.
Bundan taşqari, Özbekistondan Polşaga uyuşgan mehnat migratsiyasini kengaytirişga tösiq bölayotgan masalalar (kiriş uçun işçi vizalarini taqdim etiş)ni hal qiliş, Çexiya va Slovakiya, şuningdek, Kanada, Avstraliya va Skandinaviya davlatlariga mehnat migratsiyasi yöllarini rivojlantirişda XMT kömaklaşuvi haqida ham söz bordi.
XMT vakillariga uyuşgan mehnat migratsiyasini rivojlantiriş, xorij davlatlaridagi Özbekistondan borgan migrantlar ijtimoiy-mehnat huquqlari muhofazasini ta'minlaş böyiça vazirlik tomonidan amalga oşiriladigan işlar, şuningdek, Özbekistonning XMTga a'zo bölişi bilan boğliq tayyorgarlik çora-tadbirlari haqida ma'lumot berildi.
A.Sabadoş mamlakat prezidenti qaroriga muvofiq, vazirlik huzurida Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasini yaratiş böyiça Özbekiston tajribasi mintaqa uçun noyob ekanligini alohida ta'kidladi. Bundan taşqari, A.Sabadoş mehnat migrantlari xavfsizligini ta'minlaş va huquqlarini himoya qiliş böyiça taşkilot tomonidan töplangan boy tajribani Özbekistonda keng qöllaşga va'da berdi.












